Shoygu, Matviyenko, Volodin... Ukrainada yana qator rossiyalik amaldorlar qidiruvga berildi
Olam
−
11 Oktabr 2022
7196Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) kecha, 10 oktyabr kuni Rossiyaning bir qator yuqori martabali amaldorlarini qidiruvga e’lon qildi. Tegishli ma’lumotlar Ukraina Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi.
Qidirilayotganlar orasida Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov, Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev va Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ham bor.
Shuningdek, Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko, Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev va Milliy gvardiya rahbari Viktor Zolotov ham qidiruvga berilgan.
Avvalroq UXX Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova va Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevni qidiruvga bergan edi. Ularga Ukraina Jinoyat kodeksining “Ukrainaning hududiy yaxlitligi va daxlsizligiga tajovuz qilish” moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.