Shomurodovning yangi klubi deyarli aniq bo‘ldi
Sport
−
24 iyul 2023
13801O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov faoliyatini Italiyaning “Kalyari” klubida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda futbol jurnalisti Nikola Skira o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, A Seriyaga qaytgan “Kalyari” Shomurodovni “Roma”dan sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga oladi. Ijara muddati yakunlangach, tomonlar 3 yillik shartnomani imzolashadi. Tez orada kelishuv rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
28 yoshli hujumchi yanvar oyidan buyon “Spetsiya” safida ijara asosida o‘ynab, 16 o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qildi.
Ma’lumot uchun, Shomurodov faoliyati davomida O‘zbekiston klublaridan tashqari, Rossiyaning “Rostov”, Italiyaning “Jenoa”, “Roma” va “Spetsiya” klublarida to‘p tepgan.
LiveBarchasi