Shomurodovning o‘yinidan e’tirozim yo‘q – Raneri
Sport
−
06 fevral
5196Rimning “Roma” klubi murabbiysi Klaudio Raneri o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov haqida gapirdi. Bu haqda u “Milan”ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“O‘yindan avval Eldordan “Napoli”ga qarshi bahsdagi o‘yinini ko‘rsatishini so‘radim. Shomurodov “Napoli”ga qarshi ko‘p kuch yo‘qotdi, shu sabab, o‘sha uchrashuvdagidek o‘ynay olmadi. Lekin shunga qaramay, u munosib o‘yin namoyish etdi. Shomurodovning o‘yinidan e’tirozim yo‘q”, deydi Raneri.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevralga o‘tar kechasi Italiya Kubogi doirasida “Roma” mehmonda “Milan”ga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi. Uchrashuvda rimliklar safida o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov bir taym o‘ynadi va ikkinchi bo‘limda almashtirildi.