Shomurodovning transfer narxi pasaydi

Sport

image
0:00
0:00
download

Dunyoga mashhur "Transfermarkt" portali Italiya A Seriyasida to‘p tepuvchi futbolchilarning tranfser narxini yangiladi. Nashr tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning ham transfer narxi e’lon qilingan. 

E’tiborlisi, Shomurodovning qiymati 1 million yevroga pasaygan. Hujumchining yangi narxi 7 million yevroni tashkil qiladi. 

Ma’lumot uchun, Italiya chempionatida to‘p tepuvchi futbolchilar orasida eng qimmat narxni "Milan" hujumchisi Rafael Leao qayd etgan. Portugaliyalik futbolchining narxi 85 million yevroni tashkil qilmoqda.

A Seriyaning eng qimmat futbolchilari uchligidan Dushan Vlaxovich (80 million yevro) va Lautaro Martines kabi futbolchilar o‘rin olgan. 

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsum "Roma" safida 8 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shomurodov Roma

Baholaganlar

688

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing