Shomurodovga kutilmagan xaridor chiqdi
Sport
−
19 iyun 59272 2 daqiqa
Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning vakillari bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda turk futbolidagi ishonchli manba – jurnalist Yag‘iz Sabundjuo‘g‘li ma’lum qildi.
Shuningdek, “Gazete Arena” nashri ham bu transfer bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida xabar tarqatdi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchi kelasi, ya’ni 2025-2026-yilgi mavsumda Turkiya Superligasida to‘p suradi.
Turkiyaning to‘rtta grand klubi – “Galatasaray”, “Fenerbahche”, “Beshiktosh” va “Trabzonspor” hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun bir necha yulduzlarga transfer taklifi yuborgan bo‘lsa-da, o‘zbek yulduzi uchun kurashda Istanbulning “Bashakshehir” klubi g‘alaba qozongani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Istanbul Bashakshehir” – Turkiya siyosiy doiralari bilan yaqin aloqada bo‘lgan jamoa hisoblanadi va mahalliy hokimiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Shunga qaramay, klub joriy mavsum Superligada 5-o‘rinni egalladi.
“Roma” 29 yoshli futbolchisi bilan amaldagi shartnoma 2026 yilning yozigacha amal qilishiga qaramay, u bilan xayrlashishga tayyor. Shomurodov o‘tgan mavsumda Shomurodov barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. “Transfermarkt” portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 4 million yevroga teng.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning “L’Equipe” nashri Eldor Shomurodov AQSHning Major League Soccer (MLS) chempionatida ishtirok etuvchi klubdan taklif olganini xabar qilgandi.