Shomurodovga Fransiyadan xaridor chiqdi – OAV
Sport
−
21 iyun 15455 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov yozgi transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Unga Fransiyaning “Renn” klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Footmercato” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Shomurodovga “Renn” klubidan qiziqish bor. Klub sport direktori Luika Dezire 29 yoshli hujumchi borasida rimliklarga so‘rov yuborgan.
Ma’lumot uchun, Shomurodov o‘tgan mavsum “Roma” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Transfermarkt”dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning “Bashakshehir” klubi Shomurodovga taklif yuborgani va futbolchi Istanbulda bo‘lib turgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr