Shomurodov “Jenoa”da debyut o‘yinini o‘tkazdi
Sport
−
20 Oktabr 2020 13582 1 daqiqa
Italiyaning “Jenoa” klubiga o‘tgan Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasi 4-turida debyut uchrashuvini o‘tkazdi. O‘yin “Verona”ga qarshi bo‘lib o‘tdi.
Shomurodov yangi jamoasi safidagi birinchi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, 63-daqiqaga to‘p surdi. O‘yinda hisob ochilmadi (0:0).
“Jenoa” bosh murabbiyi Rolando Maran “Verona”ga qarshi durangdan (0:0) keyin Eldor Shomurodov haqida ham fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Men unga o‘ynash imkoniyatini berdim. Biroq hali unda bizning futbol haqida tushuncha yo‘q. U boshqa chempionatdan keldi va bu yerda hammasi qanday ishlashini bilmaydi. Shunday ekan unga vaqt kerak. U sabrli bo‘lishi lozim. U bugun xatolarga yo‘l qo‘ymadi. Shuning uchun ham bugun uning o‘yini uchun minnatdorchilik bidliraman”, deydi Maran.
“Jenoa” keyingi turda Milanning “Inter” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, Italiya A Seriyasida "Jenoa" 4-tur yakuniga ko‘ra, 3 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ochko to‘plagan. Klub jadvalda 11-o‘rinni band qilib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov Rossiyaning "Rostov" klubidan 9 mln yevro evaziga Italiyaga ko‘chib o‘tdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025