Shomurodov “Jenoa”da 9-raqamda o‘ynamaydigan bo‘ldi
Sport
−
07 Oktabr 2020
13776Avvalroq, “Jenoa” a’zosiga aylangan Eldor Shomurodovning yangi jamoasida 9-raqam ostida o‘ynashi haqida xabar qilgandik.
Ammo, mazkur raqamni “Sassuolo”dan ijara asosida genuyaliklar safiga o‘tgan Janluka Skamakka olgani ma’lum bo‘ldi.
Shomurodov esa “Jenoa”da 61-sonli futbolkada harakat qiladi. Bu haqda “Rostov” matbuot xizmati quyidagicha izohladi.
“Rostov”ning abadiy muxlisi bo‘lib qolaman”, deya Eldor Shomurodov klubimiz bilan xayrlashdi. Endi esa u bizni unutmagan holda Genuyada o‘ziga raqam tanladi.
“61” – Rostov viloyatining mintaqaviy raqamli kodi hisoblanadi. Eldor aynan mazkur raqam ostida yangi jamoasida harakat qiladi”, deb yozilgan klubning Telegram'dagi rasmiy sahifasiga.
Ma’lumot uchun, Shomurodov “Jenoa”ga 9 mln yevro evaziga o‘tdi. Uning klubdagi maoshi 1 mln yevroni tashkil qiladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr