Shomurodov jamoasini o‘zgartirishga yaqin – OAV

Sport

image

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov “Roma” klubini tark etib, Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoasiga o‘tishi arafasida turibdi. Bu haqda “Roma press” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, transfer deyarli yakuniga yetgan – “Bashakshehir”, “Roma” va Shomurodov o‘rtasida dastlabki kelishuvga erishilgan.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik hujumchining “Roma” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, u o‘tgan mavsum yakunidan beri ketishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatida tilga olinmoqda.

Shomurodov so‘nggi mavsumda rimliklar safida jami 37 o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatma bilan ishtirok etdi. “Roma” ayni damda UEFA moliyaviy feyr-pley talablariga moslashish uchun tarkibni qisqartirish va daromadlarni oshirish yo‘lida ishlamoqda, Shomurodovning ketishi esa bu jarayonning bir qismiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning “Renn” klubi sport direktori Luika Dezire 29 yoshli hujumchi Eldor Shomurodov borasida rimliklarga so‘rov yuborgani xabar qilingandi. Shuningdek, unga Italiyaning boshqa bir klubi “Kremoneze” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Istanbul Bashakshehir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing