Eldor Shomurodov Italiyada qolishi mumkin

Sport

image

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov “Roma”ning transfer ro‘yxatida qolmoqda. Unga Italiyaning boshqa bir klubi “Kremoneze” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Roma press” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, “Roma” uni joriy yilning 30 iyuniga qadar sotish maqsadida bir nechta klublar bilan muzokaralar olib bormoqda. So‘nggi kunlarda Shomurodovga qiziqish bildirgan “Istanbul Bashakshehir” klubidan tashqari, endi “Kremoneze” ham 29 yoshli futbolchiga da’vogarlar ro‘yxatiga qo‘shilgan.

Shuningdek, u Fransiyadagi klublarning ham diqqat markazida. Shomurodov o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Klaudio Raneri qo‘l ostida 7 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etib, o‘zini ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning “Renn” klubi sport direktori Luika Dezire 29 yoshli hujumchi Eldor Shomurodov borasida rimliklarga so‘rov yuborgani xabar qilingandi. 

Shuningdek, Turkiyaning “Bashakshehir” klubi Shomurodovga taklif yuborgani va futbolchi Istanbulda bo‘lib turgani haqida xabarlar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Kremoneze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing