Shomurodov “Yuventus”ga o‘tadimi? “Jenoa” prezidenti javob berdi

Sport

image

Italiyaning “Jenoa” klubi prezidenti Enriko Pretsiozi jamoaning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovning “Yuventus”ga o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Italiyaning “Footballnews24” nashri yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Genuya klubi xo‘jayini Eldorning qishki transfer oynasida jamoani tark etmasligini aytgan.

“Shomurodov eng kamida mavsum yakunigacha jamoada qoladi”, deydi klub xo‘jayini.

Avvalroq, “Yuventus” klubi o‘zbekistonlik futbolchi, “Jenoa” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqib qolgani haqida xabar bergan edik. “Yuventus” Eldorni Morataga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. 

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Eldor Italiya “A Seriya”sida 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qilgan. Jamoasining oxirgi o‘yinida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shomurodov “Yuventus”

Baholaganlar

3044

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing