Kenan Yildiz jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqdi
Sport
−
17:08 410 1 daqiqa
Italiyaning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Kenan Yildiz A Seriyaning birinchi turida “Frozinone”ga qarshi o‘yinda (1:0) jiddiy jarohat oldi. Bu haqda “Tuttosport” nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli turkiyalik futbolchi joriy yilning 23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan bahsda chap oyog‘ining panja qismini sindirib olgan. U uchrashuvning 69-daqiqasida maydonni tark etgan. Uning o‘rniga Jeremi Boga tushirilgan.
Manbaga ko‘ra, o‘tkazilgan tekshiruvlar Yildizga jarrohlik amaliyoti zarurligini ko‘rsatgan. Qanot hujumchisining tiklanishi taxminan uch oy davom etishi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda turkiyalik futbolchi “Yuventus” safida barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” ma’lumotiga ko‘ra, Kenan Yildizning ayni paytdagi bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.
Live
Barchasi