Dibala Italiyada qoladigan bo‘ldi

Sport

image

Italiyaning “Roma” klubi argentinalik yarim himoyachi Paulo Dibala bilan tuzilgan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda Rim klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. 32 yoshli Dibala 2022 yildan buyon “Roma” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt davomida u jamoaning yetakchi futbolchilaridan biriga aylandi va klub safida barqaror o‘yinlari bilan ajralib turdi.

“Roma” va “La Joya” (Xazina) o‘rtasidagi hikoya davom etadi. Hali yoziladigan ko‘plab boblar bor. Birgalikda olg‘a, Paulo!”, deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Argentinalik yarim himoyachi faoliyati davomida Italiyaning “Palermo” va “Yuventus” klublarida ham to‘p surgan. “Yuventus” safida u besh marta A Seriya chempioni, to‘rt marta Italiya kubogi va uch marta Italiya Superkubogi sohibi bo‘lgan.

Dibala Argentina milliy terma jamoasi safida 2022 yilgi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, o‘sha yili Italiya ustidan qozonilgan g‘alaba ortidan Finalissima bosh sovrinini ham qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing