Messi Dibalani xayrlashuv o‘yiniga taklif qildi – OAV
Sport
−
15:25 383 2 daqiqa
Lionel Messi “Roma” hujumchisi Paulo Dibalani Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvida ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda “Corriere dello Sport” nashri xabar berdi.
Lionel Messining taklifiga qaramasdan terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skaloni Paulo Dibalani bo‘lajak yig‘in uchun tarkibga kiritmagan.
Messining terma jamoadagi xayrlashuv o‘yini joriy yilning 6 oktyabr kuni Buenos-Ayresdagi “Estadio Monumental” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Argentina Beninga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv Lionel Messining milliy jamoadagi so‘nggi o‘yini bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, 2022 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan Argentina terma jamoasi a’zolari ham uchrashuvga taklif etilgan.
Dibalaning mazkur bahsda ishtirok etishi hozircha so‘roq ostida. “Roma” bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini futbolchini ikki qit’alararo parvoz bilan bog‘liq katta yuklama sababli terma jamoa ixtiyoriga qo‘yib yuborishni istamayotgani aytilmoqda.
Argentinadagi uchrashuvdan besh kun o‘tib, joriy yilning 11 oktyabr kuni “Roma” Italiya chempionatining 2026-2027 yilgi mavsumi 6-turida safarda “Komo”ga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, Paulo Dibala Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilgi Jahon chempionati va Finalissimani qo‘lga kiritgan. Klublar miqyosida esa “Yuventus” safida besh marta Italiya chempioni bo‘lgan, to‘rt marta Italiya Kubogi va ikki marta Italiya Superkubogida g‘olib chiqqan.
Live
Barchasi