Shomurodov yana “Roma”da oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin
Sport
−
01 may 10634 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov rimliklar safida aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Roma”ning rasmiy saytida klubning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma tashkil etildi. Unga ko‘ra, eng yaxshi futbolchi bo‘lish uchun nomzodlar qatorida jamoa darvozaboni Svilar, vinger Matias Syule va hujumchi Eldor Shomurodovning nomi keltirilgan.
Ayni vaqtga kelib, so‘rovnoma va ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Hozircha, ustunlik o‘zbekistonlik futbolchi tarafida.
Qayd etish joiz, so‘rovnoma muxlislardan to‘plangan ovoz natijasiga ko‘ra aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov fevral oyida ham klubda oyning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan edi.
Live
Barchasi