Shomurodov va Masharipovda Eronga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborish xavfi bor

Sport

image

Bugun, 20 mart kuni 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi 3-bosqich 7-turi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z uyida Qirg‘iziston bilan bahs olib bordi. Bugungi bahsda sariq kartochka olsa, O‘zbekistonning bir qator yetakchi futbolchilari Eronga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Jumladan, terma jamoa a’zolari Eldor Shomurodov, Jaloliddin Masharipov, Sherzod Nasrullayev, Farruh Sayfiyev, Odil Hamrobekov va Bobur Abduholiqov kabi futbolchilarda avvalgi o‘yinlarda orttirilgan sariq kartochka bor. Agar shu futbolchilar bugungi o‘yinda ham sariq kartochka olsa, Eronga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qirg‘izistonga qarshi bahsni kimlar o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Jaloliddin Masharipov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing