Shomurodov Turkiyada to‘purarga aylanib oldi
Sport
−
15 dekabr 2602 1 daqiqa
Kecha, 14 dekabr kuni Turkiya Superligasining 16-turi doirasida “Istanbul Bashakshehir” jamoasii safarda “Samsunspor” maydonida mehmon bo‘ldi. Mazkur uchrashuvni O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki vakili – Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev asosiy tarkibda boshladi. Uchrashuvda istanbulliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Istanbul Bashakshehir”ning birinchi golini O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov kiritdi. Ushbu gol orqali Shomurodov Turkiya Superligasidagi gollar sonini 11 taga yetkazib, to‘purarlar poygasida peshqadamga aylandi.
Xususan, u h66-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 83-daqiqada Bertug‘ Yildirimning goliga assistentlik qildi. Natijada Eldor yana chempionat to‘purarlar poygasida yetakchilikka qaytib oldi.
“SofaScore” nashri Shomurodovning o‘yindagi harakatlarini 8,1 ball bilan baholagan bo‘lsa, Fayzullayevning o‘yinini 6,7 ballga loyiq ko‘rdi.
Ayni damda Eldor Shomurodov 11 ta gol bilan “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachu bilan birga Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bolib turibdi. Keyingi o‘rinda “Galatasaray” forvardi Mauro Ikardi 8 ta gol bilan bormoqda.
Ma’lumot uchun, Turkiya Superligasi turnir jadvalida hozirda “Galatasaray” 39 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Trabzonspor” 35 ochko bilan ikkinchi, “Fenerbaxche” 33 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. “Istanbul Bashakshehir” esa 20 ochko bilan 8-pog‘onada joylashgan.
Live
Barchasi