Shomurodov Turkiya klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi – Romano

Sport

image

Istanbulning “Bashakshehir” klubi Eldor Shomurodovni “Roma”dan sotib olish majburiyati bilan 3 million yevro evaziga ijaraga olish bo‘yicha bitimga yaqinlashmoqda. Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.  

Insayderning bildirishicha, bitim shartlariga ko‘ra ijara to‘lovi 3 million yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, 2,7 million yevroga majburiy sotib olish bandi ham mavjud. Bundan tashqari, “Roma” kelajakdagi sotuvdan 10 foiz ulush oladi

Shomurodov klub bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi, shartnomani bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik hujumchining “Roma” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, u o‘tgan mavsum yakunidan beri ketishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatida tilga olinmoqda.

Shomurodov so‘nggi mavsumda rimliklar safida jami 37 o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 5 ta golli uzatma bilan ishtirok etdi. “Roma” ayni damda UEFA moliyaviy feyr-pley talablariga moslashish uchun tarkibni qisqartirish va daromadlarni oshirish yo‘lida ishlamoqda, Shomurodovning ketishi esa bu jarayonning bir qismiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning “Renn” klubi sport direktori Luika Dezire 29 yoshli hujumchi Eldor Shomurodov borasida rimliklarga so‘rov yuborgani xabar qilingandi. Shuningdek, unga Italiyaning boshqa bir klubi “Kremoneze” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Bashakshehir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing