Shomurodov “Roma”ni tark etishi mumkin

Sport

image

“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘z X sahifasida ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Klaudio Raneri hujumchining xizmatlariga qiziqmayapti. Shomurodov va Rim klubi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. 

“Roma” rahbariyati klub balansidagi moliyaviy yukni kamaytirmoqchi va shuning uchun ham 29 yoshli Shomurodovning sotishdan manfaatdor.

Ma’lumot uchun, Eldor 2021 yilning yozida “Jenoa”dan rimliklar safiga qo‘shilgandi. Bungacha u “Rostov”, “Spetsiya” va “Kalyari” klublarida to‘p surgan. Joriy mavsumda Shomurodov “bo‘rilar” safida 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov Klaudio Ran'eri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing