Shomurodov “Roma”da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Sport
−
02 may
5369O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov rimliklar safida aprel oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi ushbu sovrinni qo‘lga kiritishda jamoadoshlari Matias Sule va Svilarni ortda qoldirgan. So‘rovnoma muxlislarning bergan ovozlari natijasida aniqlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Shomurodov “Roma” safida aprel oyida 4 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli o‘zbekistonlik hujumchi fevral oyida ham oyning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilingan edi.
LiveBarchasi