Shomurodov “Roma” bilan xayrlashuv xatini yozdi

Sport

image

Avvalroq, o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov Italiyaning “Roma” klubidan Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubiga ko‘chib o‘tgani xabar qilingandi. Shomurodov Instagram sahifasida Rim klubiga rahmat aytib, jamoasi bilan xayrlashdi.

“Rahmat, “Roma”. Endi “Roma” bilan xayrlashish vaqti keldi – bu klub menga unutilmas xotiralarni, gollarni, kurashlarni va ajoyib jamoa, murabbiylar hamda muxlislar bilan bo‘lgan maxsus lahzalarni berdi. “Roma” formasini kiyish men uchun sharaf edi. Har bir daqiqa, har bir gol va har bir o‘rgangan saboq uchun minnatdorman. “Roma” har doim yuragimda qoladi. Menga ishonch bildirganingiz va doimo qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.

Yangi sahifa ochilmoqda, lekin bu xotiralar men bilan bir umr qoladi. Hurmat va muhabbat bilan, Eldor Shomurodov”, deb yozdi o‘zbekistonlik hujumchi.

Qayd etish joiz, Shomurodov Turkiya klubiga “Roma”dan sotib olish huquqi bilan boshlanayotgan 2025-2026 yilgi mavsum yakuniga qadar ijaraga o‘tdi. U rimliklar safida 2,5 mavsum davomida jami 85 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi, shuningdek, Yevropa Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Eldor Shomurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing