Shomurodov gol urgan o‘yinda “Roma” g‘alaba qozondi
Sport
−
31 yanvar 2025 8361 2 daqiqa
Yevropa Chempionlar ligasi kabi Yevropa ligasida ham so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu turnirda ham kuchli 24 jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Shomurodov gol urgan kechada “Roma” keyingi bosqichga chiqdi

So‘nggi 8-turda “Roma” o‘z uyida yetakchilar qatorida borayotgan “Ayntraxt”ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va nimchorak final bosqichiga yo‘l oldi. Uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov 69-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining g‘alabasini mustahkamladi. Shu tariqa rimliklar yakuniy jadvalda 12 ochko jamg‘arib, 15-o‘rin bilan nimchorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Angliya jamoalari ham g‘alaba qozonib, kuchli 8 likdan o‘rin oldi

“Manchester Yunayted” Yevropa ligasi so‘nggi tur o‘yinida mehmonda FKSB jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va yakuniy jadvalda 3-o‘ringa chiqib oldi va to‘g‘ridan to‘g‘ri chorak finalda o‘ynaydigan 8 jamoadan biri bo‘ldi.
“Tottenxem” ham so‘nggi turni g‘alaba bilan yakunladi. Londonliklar o‘z uyida “Elfsbrg”ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi va yakuniy jadvalda 17 ochko to‘plab, 4-o‘rinni egalladi. Klub ham to‘g‘ridan to‘g‘ri chorak finalga yo‘l olgan jamoalar qatoridan joy oldi.
Chorak finalga yo‘l olgan kuchli 8 klub

8 tur davomida bir xil natija qayd etgan “Latsio” va “Atletik” 1- va 2-o‘rinlarni bo‘lishib oldi. Undan keyingi o‘rinlarni “Manchester Yunayted”, “Tottenxem”, “Ayntraxt”, “Lion”, “Olimpiakos” va “Reynjers” jamoalari egalladi.
Turnirni tark etgan klublar

So‘nggi tur natijalariga ko‘ra, 24-o‘rindan pastdagi jamoalar avtomatik ravishda turnir bilan xayrlashadi. Ular orasida “Braga”, “Elfsborg”, “Beshiktosh”, “Nitssa” va yana bir qancha klublar nomi bor.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, kuchli 8 jamoa chorak finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oldi. 8-o‘rindan 24-o‘ringacha egallagan klublar qur’a tashlash marosimida o‘z raqiblarini bilib oladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025