Shols Rossiyani Ukraina bo‘yicha navbatdagi tinchlik konferensiyasiga taklif qildi

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiyani Ukraina bo‘yicha navbatdagi tinchlik konferensiyasiga taklif qildi. Bu haqda u kecha, 19 iyul  kuni Drezdenda Germaniya sotsial-demokratik partiyasining saylovoldi tadbirida so‘z ochdi. 

“Bu masala bo‘yicha ko‘plab muhokamalar bo‘lib o‘tdi, oxirgi marta Shveysariyada ko‘plab mamlakatlar Ukraina  tinchlik sammiti bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishgandi. Men Ukraina Prezidenti Rossiyaning navbatdagi uchrashuvda ishtirok etishini xohlayotganidan juda xursandman”, deydi Olaf Shols.    

Germaniya hukumati rahbari Berlin Ukrainani Rossiyaga qarshi mudofaa kurashida qo‘llab-quvvatlashi shart va  ayni paytda “Tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlash orqali tinchlikka intilish” kerak ekanini, biroq bu Ukrainani taslim qilish orqali bo‘lmasligi lozimligini aytdi.

Shu bilan birga, Shols Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni yana keskin tanqid qildi va uni Rossiya hududini “bir necha kvadrat metrga” kengaytirish uchun ko‘plab vatandoshlarini qurbon qilishda aybladi. 

“Putingning imperialist orzusi uchun deyarli 400 ming kishi jonini berdi”, deya qo‘shimcha qildi  Shols.

Germaniya kanslerining ta’kidlashicha, NATO pozitsiyasi shundan iboratki, Ukrainadagi urush Rossiya Federatsiyasi va alyans o‘rtasidagi urushga aylanmasligi kerak. Shols Ukrainaga yordam berish bo‘yicha har bir qarorni o‘ylab ko‘rishini va Kiyevning barcha talablarini qondirmasligini aytdi.

Xususan, u Ukrainada nemis askarlari bo‘lishini, shuningdek, Rossiya hududi nemis qurollari bilan o‘qqa tutilishini istisno qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olaf Shols  kelajakda Rossiya bilan qurolsizlanish bo‘yicha kelishuvlarga muhtojmiz deya ta’kidlagandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Shol'ts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing