Buxoroda MCHJ rahbarlari byudjetning millionlarini “rastrata” qildi

Jamiyat

image

Buxoro viloyati Shofirkon tumani markazi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruksiya qilishdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman bo‘limi tomonidan viloyat “Suvinspeksiyasi” va Buxoro shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida, Shofirkon tuman markazi ichimlik suvi tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari bo‘yicha nazorat o‘lchovi o‘tkazilgan. 

Natijada mas’ul MCHJ rahbarlari hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 254,4 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek, suv ta’minoti va oqava suv ob’ektlari qurilishi bo‘yicha Ijiniring kompaniyasi DUK Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan ushbu jamiyatga 254,4 mln so‘m byudjet mablag‘i o‘tkazib berilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi hamda 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shofirkon talon-toroj

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing