Shimoliy Koreya Yapon dengiziga raketa uchirdi

Olam

image

Bugun, 19 mart kuni Shimoliy Koreya Pxenyan viloyati shimolidagi hududdan Yapon dengizi tomon qisqa masofali ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi Janubiy Koreya armiyasiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, ballistik raketaning uchish masofasi taxminan 800 kmni tashkil qilgan.

Seul ma’lumotlariga ko‘ra, qisqa masofali ballistik raketa Tonchxanni poligoni hududidan uchirilgan. Snaryad Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga qulagan.

Yaponiya dengiz xavfsizligi xizmati kemalarda snaryad parchalari aniqlansa, ularga yaqinlashmaslikni tavsiya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 mart kuni AQSH va Janubiy Koreya harbiylari “Ozodlik qalqoni” deb ataluvchi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini boshlagan edi. Bu mashg‘ulotlar Shimoliy Koreya tahdidlariga qarshi qaratilgan bo‘lib, 11 kun davom etishi rejalashtirilgan.

Bunga javoban 16 mart kuni Shimoliy Koreya «Xvason-17» qit’alararo ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya ballistik raketa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing