Saudiya ballistik raketalar zavodini kengaytiryapti – “Reuters”
Olam
−
21:32 534 2 daqiqa
Saudiya Arabistoni uzoqroq masofaga uçadigan yoki oğirroq jangovar yukni taşiy oladigan yirikroq qattiq yonilğili raketalarni işlab çiqariş uçun ballistik raketalar zavodini kengaytirmoqda. Taşqi siyosat tadqiqotlari instituti (FPRI) tadqiqotçilari Sem Ler va Maykl Duytsman şunday xulosaga keldi. Ular Planet Labs kompaniyasining 2025 yil aprelidan 2026 yil sentyabrigaça olingan sun’iy yöldoş tasvirlarini örganib çiqqan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Ar-Riyoddan 200 km ğarbda joylaşgan Ad-Davadmi majmuasi tasvirlarida yonilği aralaşmasi raketa dvigatellari korpusiga quyiladigan çuqurliklarga ega yangi bino körinadi. U amaldagi çuqurliklarga ega binodan kamida ikki baravar katta va tasodifiy portlaşlardan himoya qiliş uçun devorlar bilan öralgan. Yana bir yangi bino omborxona vazifasini ötaşi mumkin. FPRI baholaşiga köra, işlab çiqariş joriy yilning oxiridayoq boşlanişi mumkin.

Mutaxassislarning fikriça, zavod Xitoy texnologiyalariga tayanadi. Ler podşohlik allaqaçon DF-15 raketalarini çiqarayotganini, kengaytiriş esa uzoqroq masofaga uçadigan DF-21 yoki şunga öxşaş raketalarni işlab çiqariş uçun zarurligini taxmin qilgan.
“Eron ustunlikka ega, çunki uning raketalari va dronlari Saudiya Arabistonining istalgan nuqtasiga zarba bera oladi. Saudiyaliklar bu farqni biroz qisqartirişlari mumkin edi”, deydi Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) ilmiy xodimi Saşa Bruxman.
“Reuters”ning qayd etişiça, zavodning kengaytirilişi AŞQ Kongressida Vaşington Ar-Riyodga energetika uçun uranni boyitişni yölga qöyişda yordam berişini nazarda tutuvçi kelişuvga bölgan qarşilikni kuçaytirişi mumkin. Kelişuvga qarşilar unda yaşirinça yadro qurolini yaratişga qarşi yetarliça kafolatlar yöq deb hisoblaydi.
Live
Barchasi