Rossiya Kiyevni bombaladi. Qurbon bor (video)

Olam

−

image

Rossiya qo‘shinlarining bugun, 22 oktyabrga o‘tar kechasi Kiyevga ballistik raketalar bilan bergan zarbasi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi, jumladan, 4 nafar bola yaralandi. Poytaxtning olti tumanida yong‘inlar kelib chiqib, turar joylar va boshqa binolarga zarar yetdi. Bu haqda Ukrainaning Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Rossiya harbiylari kecha, 21 oktyabr kuni kechqurundan boshlab Kiyevning olti tumaniga ballistik raketalar bilan zarba bergan. Hujum oqibatida ayrim binolarda yong‘inlar kelib chiqqan, bir qator ob’ektlar shikastlangan.

Dneprovskiy tumanida 1 kishi halok bo‘lgan, 1 bola shifoxonaga yotqizilgan. Turar joylar va avtomobillarga zarar yetgan, turar joy hamda noturar joy binolarida yong‘in chiqqan. Yana 5 kishi jarohatlangan.

Darnitskiy tumanida transport infratuzilmasi shikastlangan. Svyatoshinskiy tumanida esa noturar joy binosi va restoran majmuasida yong‘in chiqqan. Yong‘in 1 100 kvadrat metr maydonni qamrab olgan va keyinchalik o‘chirilgan.

Obolonskiy tumanida noturar joy binolari zarar ko‘rgan va yong‘inlar yuzaga kelgan hamda 2 kishi jarohatlangan.

Pecherskiy tumanida binolar, tez yordam mashinalari va monastirga zarar yetgan. 8 kishi, jumladan, 3 nafar bola yaralangan. Goloseyevskiy tumanida esa noturar joy binosiga zarba berilishi oqibatida 6 kishi jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya qo‘shinlari Ukraina poytaxti Kiyevga ballistik raketalar bilan hujum qilishi oqibatida 21 yoshli qiz halok bo‘lib, 8 kishi jarohatlandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing