Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ikkita ballistik raketa uchirdi
Olam
−
27 mart 2023
3180Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ikkita ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya va Yaponiya harbiylari xabar berdi.
“Yonhap” va NHK ma’lumotlariga ko‘ra, ikki raketaning biri dengizga qulagan, ikkinchisi esa Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushgan.
Shuningdek, Yaponiya Mudofaa vazirligi ikkala raketa ham maksimal 50 km balandlikda taxminan 350 km masofani uchib o‘tganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 mart kuni AQSH va Janubiy Koreya harbiylari “Ozodlik qalqoni” deb ataluvchi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini boshlagan edi. Bu mashg‘ulotlar Shimoliy Koreya tahdidlariga qarshi qaratilgan bo‘lib, 11 kun davom etishi rejalashtirilgan. Bunga javoban Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon “Xvason-17” qit’alararo ballistik raketasini uchirgan edi.
Bundan tashqari, joriy yilning 22 mart kuni KXDR to‘rtta qanotli raketa uchirgandi.
LiveBarchasi