Shimoliy Koreya yangi zenit raketasini sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Kecha, 19 aprel kuni Shimoliy Koreya yangi “Pyolji-1-2” zenit raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

“Yer-havo” sinfiga tegishli “Pyolji-1-2” raketasining sinovlari Sariq dengizda KXDR Raketa fanlari bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan.

“Sinovni ishga tushirish jarayonida tegishli maqsadga erishildi. Ushbu sinovlar Raketasozlik bosh boshqarmasi va unga bo‘ysunuvchi Mudofaa taraqqiyoti agentligining muntazam faoliyati doirasida amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.

“Yonhap” agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan birinchi marta shunday nomdagi raketa haqida e’lon qilmoqda.

Bundan tashqari, “Xvasal-1 Ra-3” strategik qanotli raketasining o‘ta yirik jangovar kallagi quvvati sinovdan o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida Shimoliy Koreya yangi o‘rta va uzoq masofaga mo‘ljallangan gipertovushli ballistik raketa – Xvasonpo-16B muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini e’lon qilgandi. Uchirishni shaxsan davlat rahbari Kim Chen In nazorat qilgan. Raketadan ajratilgandan so‘ng, jangovar kallak  ming kilometr masofani bosib o‘tib, maksimal 101,1 km balandlikka ko‘tarildi va Yapon dengiziga quladi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shimoliy Koreya zenit raketasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing