Shimoliy Koreya yana Sariq dengiz tomon snaryad otdi

Olam

image

Bugun, 6 yanvar kuni Pxenyan g‘arbiy qirg‘oqdan Sariq dengiz tomon yana 60 ga yaqin snaryad otdi. Bu haqda Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Qirg‘oq artilleriyasi mahalliy vaqt bilan soat 16:00 dan 17:00 gacha o‘q uzgan, snaryadlar Seul amalda dengiz chegarasi deb hisoblagan shimoliy demarkatsiya chizig‘idan shimolga tushgan. 

O‘z navbatida, Janubiy Koreya KXDR tahdidlariga javoban harbiy choralar ko‘rishga va’da bergan.

"Shimoliy Koreyaning dushmanlik harakatlari, taqiqlangan hududlarda artilleriya otishmalarini davom ettirishi keskinlikni kuchaytirmoqda va Koreya yarim orolidagi tinchlikka tahdid solmoqda. Agar Shimoliy Koreya 2018 yil 19 sentyabrdagi kelishuv to‘liq qulaganini e’lon qilib, taqiqlangan hududlarda bizning aholimizni artilleriya o‘qlari bilan tahdid qilishda davom etsa, bizning qurolli kuchlarimiz ham zarur harbiy choralarni ko‘radi”, deyiladi Koreya Respublikasi Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasining munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 yanvar kuni mashg‘ulotlar doirasida Shimoliy Koreya qirg‘oq artilleriyasi Janubiy Koreyaning Sariq dengizda joylashgan Yonpxyondo va Pennyondo orollari tomon 200 ga yaqin snaryad otgandi.  Bunga javoban Janubiy Koreya harbiylari o‘z manyovrlarini o‘tkazib, 400 ta snaryad otdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya Sariq dengiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing