Shimoliy Koreya yadroviy suv osti qurolini yana sinovdan o‘tkazdi

Olam

image

Joriy yilning 25-27 mart kunlari Shimoliy Koreya Milliy mudofaa akademiyasi strategik suv osti qurollari tizimining navbatdagi sinovini o‘tkazdi. Bu haqda bugun, 28 mart kuni Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Haeil-1 suv osti uchuvchisiz yadroviy qurilmasi 25 mart kuni Vonsan ko‘rfazida ishga tushirilgan va 27 mart kuni Hamgyongbukdo provinsiyasining Xvadaye okrugida kerakli nuqtaga yetib borgan. Qurilma 41 soat 27 daqiqa oval va zigzag trayektoriyasida taxminan 600 km masofani bosib o‘tgan va maket yadro zaryadini portlatib yuborgan.

Shuningdek, sinov davomida texnik xususiyatlarni baholash amalga oshirilgan, qurol tizimining ishonchliligi va xavfsizligi tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kim Chen In yadro zaryadini olib yurishi mumkin bo‘lgan yangi suv osti dronini sinovdan o‘tkazgandi. Yangi dron sinov paytida 59 soatdan ko‘proq vaqt davomida suv ostida 80-150 metr chuqurlikda harakatlanib, sharqiy sohildagi suvlarda yadroviy bo‘lmagan yukni portlatib yuborgandi. Bundan tashqari Shimoliy Koreya yetakchisi  mamlakat yadro salohiyatini oshirish maqsadida yadro quroli uchun materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirishni buyurgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Shimoliy Koreya suv osti droni Haeil-1

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing