Shimoliy Koreya xakerlari yadroviy dastur uchun 3 mlrd dollar o‘g‘irladi

Olam

image

Shimoliy Koreya xakerlari 2017 yildan buyon qariyb 3 milliard dollarlik kriptovalyutalarni o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda Microsoft’ning 15 oktyabr kuni e’lon qilingan 2024 yilgi Kiberxavfsizlik hisobotida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, o‘g‘irlangan pullar Pxenyanning yadroviy dasturini moliyalashtirish uchun ishlatilgan. Microsoft ushbu mablag‘lar Shimoliy Koreyaning yadro qurolini yaratish xarajatlarining yarmidan ko‘pini qoplaganini ta’kidladi. Bundan tashqari, birgina 2023 yilning o‘zida 600 milliondan 1 milliard dollargacha pul o‘g‘irlangan.

Hisobotda, shuningdek, o‘tgan yildan beri kompaniya Shimoliy Koreyaning bir nechta yangi guruhlarini aniqlagani ko‘rsatilgan. Tahlilchilarning fikricha, raqamlarning ortishi Kim Chen In rejimi tovlamachilik bilan bog‘liq xakerlik faoliyatidagi ishtirokini kengaytirayotganidan dalolat berishi mumkin.

“Xakerlik muhitida Shimoliy Koreyadan tashqari Rossiya, Xitoy va Eron guruhlari ham faol”, deya ta’kidlaydi Microsoft.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Milliy xavfsizlik agentligi, Buyuk Britaniya Milliy kiberxavfsizlik markazi va Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmatining qo‘shma hisobotida shimoliy koreyalik xakerlar butun dunyo bo‘ylab kompaniyalardan maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashda ayblangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing