Shimoliy Koreya dengizdagi strategik qanotli raketalarini sinovdan o‘tkazdi
Olam
−
29 Oktabr 2025 1761 1 daqiqa
Kecha, 28 oktyabr kuni Shimoliy Koreya suvlarida dengizdan quruqlikka strategik qanotli raketalarni sinovdan o‘tkazish amalga oshirildi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Uchirishni partiya vakillari va harbiy rahbariyat kuzatib bordi. Xususan, ular orasida Koreya Mehnat partiyasi Markaziy harbiy komissiyasi raisining o‘rinbosari, partiya markaziy qo‘mitasi kotibi Pak Chon Chxon, partiya markaziy qo‘mitasi a’zosi, partiya markaziy qo‘mitasi departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari Kim Chon Sik va KXDR raketa bosh boshqarmasi boshlig‘i Chan Chxan Xa, KXDR qurol-yarog‘ va harbiy-dengiz texnikasi departamenti qo‘mondoni o‘rinbosari bor edi.
Hisobotda aytilishicha, vertikal ravishda uchiriladigan raketalar kemada uchiriladigan missiyalar uchun o‘zgartirilib, G‘arbiy dengiz (Shimoliy Koreya Sariq dengiz deb ataydi) uzra ma’lum trayektoriya bo‘ylab 7800 soniyadan ko‘proq vaqt davomida uchib o‘tgan va nishonga teggan. Raketa parvozda ikki soatdan ko‘proq vaqt sarflagan.
Partiya markaziy qo‘mitasi kotibi Pak Chon Chxon “mamlakat yadro qurolli kuchlarining amaliyligini ta’minlashdagi muvaffaqiyatlar”ni ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreyaning avvalgi sinovlarida joriy yilning 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Unda ikkita yangi gipertovushli samolyot muvaffaqiyatli uchirilgandi.
Live
Barchasi