Shifokorga stul otgan talabaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
22 noyabr 2023
7592Avvalroq Toshkent shahridagi shifoxonalardan birida talaba yigit shifokorga stul otgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasida sodir bo‘lgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, bezorilik moddasi bilan malakalangan shaxs bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.
Ushbu voqea bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan munosabatiga ko‘ra, shifokor tomonidan bemor virus etiologiyali rinofaringit yoki infeksion mononukleozga gumon qilinib, virusolog-mutaxassis ko‘rigiga yuborilgan. Bundan esa u va yaqinlari norozi bo‘lib, shifokorga o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lgan va unga qarata stul otgan.
LiveBarchasi