Shifokorni o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi

Jamiyat

image

Andijonda shifokorni yoqib yuborish bilan qo‘rqitgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi..

Joriy yilning 21 avgust kuni soat 10:00 larda Xonobod shahar Taraqqiyot 3-tor ko‘chasida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan F.A. birga yashovchi onasi, 2-guruh nogironi, 1955 yilda tug‘ilgan I.A.ni sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli Andijon shahrida joylashgan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining jarohat oqibatlari va ortopediya bo‘limiga olib kelgan. Onasini shu bo‘lim mudirining qabuliga olib kirmoqchi bo‘lganda, mudir bilan o‘rtalarida kelishmovchilik chiqqan.

Shundan so‘ng, F.A.ning bundan jahli chiqib, bo‘lim mudiri qo‘llarini bog‘lab, o‘zi bilan yelim idishda olib kelgan benzin yoqilg‘isini xonaga sepib, o‘ldirish bilan qo‘rqitayotgan vaqtida shu bo‘limda ishlovchi xodimlar F.A.ni ushlab qolishgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi va 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish),173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Andijon

Baholaganlar

50

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing