Shesni o‘yin vaqtida Messi bilan 100 yevroga garov bog‘ladi
Sport
−
01 dekabr 2022
14278Polsha terma jamoasi darvozaboni Voysex Shesni Argentina qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozasiga penalti belgilanishi bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi. VAR jamoasi hakam Denni Makkelini monitor oldiga chaqirganida, polyaklar darvozaboni Messi bilan garov bog‘lagani ma’lum bo‘ldi.
“Men hakam penalti belgilamasligiga 100 yevro tikishimni aytdim. Shunday qilib, Messi bilan bo‘lgan garovda yutqazdim. O‘yin payti garov bog‘lashga ruxsat berilganmi yoki menga jarima solinishi mumkinmi, bilmayman. Men Messiga qarzimni to‘lamoqchi emasman – uning juda ko‘p puli bor", deydi Shesni.
Ma’lumot uchun, Polsha-Argentina bahsida Shesni Messining 11 metrlik nuqtadan bergan zarbasini bartaraf etdi. Shunday qilib, Shesnining mundialda qaytargan penaltilari soni ikkitaga yetdi.
LiveBarchasi