Sherzod Shermatov sobiq ish joyiga qaytadi
Jamiyat
−
17 noyabr 2021
25457Amaldagi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov faoliyatini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimida davom ettiradi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyevning ma’lum qilishicha, quyi palataning bugun,17 noyabr kuni o‘tkazilgan yalpi majlisida Shermatov nomzodi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tasdiqlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Sherzod Shermatov 2018 yildan beri Xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelyapti. U 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, sobiq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov mamlakatda Moy Mir, Odnoklassniki, Youtube, Facebook, Telegram, Instagram va Linkedn kabi messenjer va ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi ortidan iste’foga chiqarilgandi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr