Nvidia çiplari va SI uçun $100 mln: Şerzod Şermatov sohaga oid rejalarni oçiqladi
O‘zbekiston
−
925 7 daqiqa
Özbekiston sun’iy intellektni rivojlantiriş uçun hisoblaş quvvatlarini kengaytirmoqda. Bu maqsadda Nvidia çiplarini xarid qiliş, 800 MVtgaça quvvatga ega data markazlar quriş, startaplarni moliyalaştiriş va SI sohasida mutaxassislar tayyorlaş rejalaştirilgan. Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov 24 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yalpi majlisida sohaga oid rejalar va amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, Özbekiston davlat axborot tizimlari va iqtisodiyot tarmoqlariga sun’iy intellektni joriy etiş uçun zarur hisoblaş quvvatlarini bosqiçma-bosqiç oşirmoqda. Buning uçun Nvidia kompaniyasining zamonaviy çiplari xarid qilinmoqda.
“Juda köp davlatlar, bilasizlar, katta-katta davlatlar ham Nvidia’ning eng oxirgi çiplarini olişga huquqi yöq. Bizda Amerika Qöşma Ştatlari bilan siyosiy darajada juda yaxşi imkoniyat bölgani uçun heç qanday çeklov yöq, qança bölsa sotib olişga imkoniyatimiz bor”, deydi Şerzod Şermatov.
Şu bilan birga, uskunalar qimmatligi sababli hisoblaş quvvatlarini mavjud infratuzilmaning talabi va yuklanişiga qarab oşiriş rejalaştirilgan.
“Masalan, neft va gaz zaxiralariga boy davlatlar bunday klasterlarga milliardlab dollar sarflayotgan bölsa, biz xarajatlarni imkon qadar tejaşga harakat qildik. Dastlabki klasterni 24 million dollarga sotib oldik, navbatdagisi uçun esa yana 6 million dollarlik uskuna xarid qilyapmiz. Kelgusi yilda, nasib qilsa, bu maqsadga yana 70 million dollar yönaltirişni rejalaştirganmiz”, deydi raqamli texnologiyalar vaziri.
Şu tariqa, xarid qilingan, xarid qilinayotgan va kelgusi yil uçun rejalaştirilgan uskunalar qiymati jami 100 mln dollarni taşkil etadi.
Vazir mavjud hisoblaş quvvatlaridan foydalaniş darajasi 90 foizga yetgaç, infratuzilmani yanada kengaytiriş rejalaştirilayotganini aytdi. Hozirgi imkoniyatlar amalga oşirilayotgan loyihalar uçun yetarli. Ayni paytda mamlakatda sun’iy intellektdan foydalanilayotgan 100 dan ortiq loyiha bor. Ular raqamli hukumat, qişloq xöjaligi, ekologiya, soğliqni saqlaş, ijtimoiy soha, kadrlar tayyorlaş, jamoat xavfsizligi va huquqiy himoya yönalişlarini qamrab olgan.
Bundan taşqari, öz SI laboratoriyasiga ega bölmagan startaplar, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalariga markaziy hisoblaş klasteri infratuzilmasidan bepul foydalaniş imkoniyati berilgan. Avgust oyida prezident Şavkat Mirziyoyevga mavjud hisoblaş klasterini kengaytiriş uçun qöşimça 70 mln dollar ajratiş taklifi ham kiritilgan edi. Iyul oyida esa “Raqamli hukumat” data markazida Nvidia texnologiyalari asosidagi superkompyuter foydalanişga topşirilgan.
2025 yil oktyabr oyida prezident mamlakatning hisoblaş infratuzilmasini kengaytiriş vazifasini qöygan. Öşa yil 22 oktyabrdagi farmonga muvofiq, Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasiga 2026 yildan boşlab Raqamli texnologiyalarni rivojlantiriş jamğarmasiga sun’iy intellektni rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratiş topşirilgan.
Şermatov, şuningdek, ma’lumotlarni qayta işlaş markazlari qurilişiga xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş rejalari haqida ham gapirdi. Xususan, Saudiya Arabistonining DataVolt kompaniyasi Toşkentdagi IT Park hududida data markaz qurmoqda. Loyihaning birinçi bosqiçini 2027 yil yanvar oyida işga tuşiriş rejalaştirilgan. Uning quvvati 12 MVtni taşkil etadi. Vazir loyihaning umumiy qiymatini kamida 3 mlrd dollar deb baholagan.
Uning sözlariga köra, ob’ekt qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanadigan mintaqadagi yirik “yaşil” data-markazlardan biriga aylanişi kerak.
“Sönggi yillarda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida Özbekistonda yaşil energiyaga ötiş borasida salmoqli işlar amalga oşirildi. Endi esa ortiqça energiyani xorijga oddiy elektr energiyasi sifatida emas, balki data-markazlar xizmatlari körinişida eksport qilişni maqsad qilganmiz”, deydi Şermatov.
Vazir Qoraqalpoğistonda ham bunday loyihalarni amalga oşiriş uçun maxsus şaroitlar yaratilayotganini aytdi. Hududga xorijiy kompaniyalar kelib, raqamli infratuzilmaga investitsiya kiritiş böyiça muzokaralar olib bormoqda. Ayrim investorlar quriladigan data markazlar xizmatlarini Özbekistonning özi sotib olişini nazarda tutuvçi offteyk şartnomalarini taklif qilmoqda. Biroq vazir bunday şartnomalarga ehtiyoj yöqligini, davlat töğridan-töğri xorijiy investitsiya kiritadigan kompaniyalar uçun şaroit yaratişini bildirdi. Uning fikriça, davlatning xizmatlarni sotib oliş majburiyatini zimmasiga olişi ayrim loyihalarda jamiyat uçun foydadan köra köproq zarar keltirişi mumkin.
Uning fikriça, davlatning xizmatlarni sotib oliş majburiyatini zimmasiga olişi ayrim loyihalarda jamiyat uçun foydadan köra köproq zarar keltirişi mumkin.
Deputat Oybek Otamuratov data markazlar qurilişi bilan boğliq ekologik masalalarga e’tibor qaratdi. Uning aytişiça, deputatlarga taqdim etilgan ma’lumotlarda xorijiy investorlar iştirokida Özbekistonda umumiy quvvati 800 MVtgaça bölgan ma’lumotlarni qayta işlaş markazlarini quriş rejalaştirilayotgani körsatilgan. Deputat bunday markazlarning katta miqdorda elektr energiyasi va suv iste’mol qilişi mumkinligini ta’kidlab, investorlarga bu borada qanday talablar qöyilayotgani bilan qiziqqan.
Şermatov data-markazlarning energiya iste’moli va ular bilan boğliq uglerod çiqindilari ortişi butun dunyoda dolzarb muammoga aylanayotganini tan oldi. Uning aytişiça, xorijiy investorlar bilan işlaşda “yaşil” data markazlar quriş talabi qöyilmoqda. Jumladan, IT Park hududida qurilayotgan DataVolt ob’ekti nol uglerod balansiga – net zero körsatkiçiga erişişga yönaltirilgan.
Deputat bunday markazlarning katta miqdorda elektr energiyasi va suv iste’mol qilişi mumkinligini ta’kidlab, investorlarga bu borada qanday talablar qöyilayotgani bilan qiziqqan.
Vazir ayrim mamlakatlarda data markazlarni arzon elektr energiyasi bilan ta’minlaş uçun kömirdan foydalanilişini qayd etgan. Şu bilan birga, yirik texnologik kompaniyalar qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanadigan markazlar xizmatlariga ustuvorlik berişga intilmoqda.
“Yaşil energiyadan foydalaniş bilan bir qatorda, suv sarfi masalasiga ham alohida e’tibor qaratişimiz kerak. Şu bois data-markazlarni imkon qadar yopiq suv aylaniş tizimida işlaydigan va suvni kam sarflaydigan texnologiyalar asosida taşkil etişni rejalaştiryapmiz. Bu borada investorlarga ham tegişli talablar qöyamiz”, dedi u.
“Hammasi kelib, istagança yoqilği yoqib, ekologiyani buzib, bizga data markaz qilib berişi kerak emas”, deydi Raqamli texnologiyalar vaziri.
2025 yil oktyabr oyida Şermatov Qoraqalpoğistonni data markazlarni joylaştiriş böyiça mintaqaviy markazga aylantiriş rejalaştirilayotganini ma’lum qilgan. Keyingi bosqiçlarda DataVolt Özbekistonda umumiy quvvati 500 MVtgaça bölgan ma’lumotlarni qayta işlaş markazlarini taşkil etişni rejalaştirmoqda. Qoraqalpoğistonda qiymati 100 mln dollardan ortiq raqamli infratuzilma loyihalarini amalga oşiradigan investorlar uçun maxsus imtiyoz va preferensiyalar paketi közda tutilgan. Jumladan, elektr energiyasining imtiyozli narxi 1 kVt/soat uçun 5 sent etib belgilangan.
“Yoşlarimiz sun’iy intellektni qançalik köp örgansa, kelajakda raqobatga şunçalik tayyor böladi. Çunki endi raqobat insonlar va sun’iy intellekt örtasida emas, balki sun’iy intellektdan foydalana oladiganlar bilan uni qöllaşni bilmaydiganlar örtasida kuçayib bormoqda”, deydi vazir.
Vazir deputatlarni saylovçilar bilan uçraşuvlarda aholiga “Beş million sun’iy intellekt yetakçilari” loyihasi doirasida işga tuşirilgan aileaders.uz platformasi orqali SIdan foydalanişni örganiş imkoniyatlari haqida ma’lumot berişga çaqirgan.
Majlisda SI sohasidagi kompaniyalar faoliyati va eksport körsatkiçlari haqida ham ma’lumot berildi. Şermatovning sözlariga köra, hozirda IT Park rezidentlari orasida sun’iy intellekt yönalişida işlayotgan kompaniyalar soni 240 taga yetgan. 2026 yil boşidan bu kompaniyalar 895 mlrd sömlik xizmat körsatgan, eksport hajmi esa 75 mln dollarni taşkil etgan. Ularning xizmatlari sakkizta davlatga eksport qilinmoqda.
Live
Barçasi