AQSH “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qo‘llab-quvvatlamoqchi
Jamiyat
−
16 avgust 2023
4964Kecha, 15 avgust kuni AQSH poytaxti Vashingtonda O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ma’muriyati o‘rinbosari Izabel Koulman o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi hamda memorandum imzolandi. Bu haqda agentlik saytida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, ular AQSH-O‘zbekiston hamkorligi, jumladan, IT sohasini qo‘llab-quvvatlash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va O‘zbekistonda xususiy sektor o‘sishini rag‘batlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muhokama qilgan.
Tomonlar o‘rtasida imzolangan memorandum orqali USAID O‘zbekiston hukumati bilan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirishga yordam berish, yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish orqali mamlakatdagi aloqa tarmoqlari va texnik ta’lim muassasalarini rivojlantirish va boshqa tashabbuslarda hamkorlik qiladi.
“1993 yildan beri USAID O‘zbekiston xalqi bilan birga hamda O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va Markaziy Osiyo hududi bo‘ylab integratsiyalashuvida davomli hamkorlikni kutib qoladi ”, deyiladi USAID xabarida.
Eslatib o‘tamiz, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan. Loyiha doirasida belgilangan yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari doirasida, jumladan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr