“Tarqalmasligiga kafolat yöq”. Şerzod Şermatov hakerlar bayonotiga munosabat bildirdi
Texnologiya
−
11:03 1964 2 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda özlarini Butterfly Team deb taniştirgan hakerlar guruhi 27 mln özbekistonlikning şaxsiy ma’lumotlarini qölga kiritigani haqida xabarlar tarqaldi. Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov uşbu xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
“Oxirgi kunlarda xakerlar atakalari böyiça dunyoda juda köp yangiliklar çiqmoqda. Masalan, Binance birjasidan 6 mlrd dollardan ortiq mablağlar öğirlangani tasdiqlandi. SIdan sörasa yana köplab misollar beradi.
Yaqinda 27 mln ma’lumot çiqib ketdi deb şov-şuv qilgan “Butterfly Team” ham maqsadi aynan şu masalaga e’tibor qaratiş bölganligini özida ham yozib çiqibdi. Lekin hozir tarqalmadi degani, zudlik bilan çoralar körilmasa, ertaga bunday holat bölmasligiga kafolat degani emas!!!” deb yozdi Şermatov özining Telegram kanalida.
Hakerlar bayonoti
Özini “Butterfly Team” deya taniştirgan “oq” hakerlar jamiyati destruktiv maqsadlarni közlamasligini, özlarining maqsadi mamlakatdagi kiberxavfsizlik darajasi eng yuqori bosqiçga çiqişiga erişiş va bunga yordam berişga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
“Kuni keça tarmoqda tarqalgan narsa — bu şunçaki bir belgi va qat’iy ogohlantiriş edi. Biz tomonimizdan heç qanday haqiqiy ma’lumotlar sizib çiqarilişi yoki zararli buzib kiriş amalga oşirilgani yöq, vaholanki buning uçun texnik imkoniyat mavjud edi”, deyiladi bayonotda.
Şerzod Şermatovning bildirişiça, sun’iy intellekt eski işlatilayotgan tizimlarda zaifliklarni aniqlaş böyiça juda katta revolyutsiyani boşlab bergan. Avvalgilariga qaraganda hozir aniqlanayotgan zaifliklar soni bir neça baravarga ortib ketgan.
Şuning uçun, barça davlat, nodavlat va tijorat taşkilotlari öz tizimlarida doimiy ravişda uşbu zaifliklarni vaqtida tuzatib borişlari zarur böladi.
“Risklar keskin ortib borayotgani sababli tizimlarni yaratişga va yuritişga mas’ul idoralar va kompaniyalar tomonidan Kiberxavfsizlik uçun qöşimça moliyalaştiriş közda tutilişi va mutaxassislar tayyorlanişi zarur”, deydi vazir.
Uning bildirişiça, öşa mutaxassislar DXX Kiberxavfsizlik markazi tavsiyalari va ularning UzCERT xizmati xabarlaridagi yangi topilgan zaifliklar haqida öqib, zudlik bilan tizimlarni tuzatiş çoralarini körişi şart. Aks holda, raqamlaştiriş va SI rivoji borgan sari xavfni ortişiga sabab bölaveradi.
Live
Barchasi