Turkiyada Isroil josuslari ushlandi. Ular “Temir gumbaz”ni buzgan xakerni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan

Olam

image

Isroilning mashhur "Temir gumbaz"ini "ko‘r" qilib, HAMAS raketalari qarshisida ojizga aylantirgan falastinlik xakerni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ikki nafar Isroil agenti Istanbulda qo‘lga olindi. Bu haqda "Milliyet" nashri xabar berdi

Turk manbalariga ko‘ra, 2015–2016 yillarda Isroilning "Temir gumbaz" deb nomlanuvchi raketa-zenit majmuasi tizimini buzib kirgan xaker "Mossad" josuclarining qo‘lidan qutqarib qolingan. Xuddi shu davrda Isroil mudofaa tizimining "so‘qir" bo‘lib qolishi ortidan HAMASning qurolli qanoti mamlakatning muhim nuqtalariga raketa hujumlarini uyushtirgan. Hujumlarning oldini olishga qurbi yetmay qolgan isroilliklar 3 yillik izlanishlardan so‘ng, "Temir gumbaz" dasturi 1991 yilda tug‘ilgan Umar ismli xaker tomonidan buzilganini aniqlagan.

2020 yilda falastinlik daho Misr orqali Istanbulga kelgan bo‘lib, Isroil ayg‘oqchilari ish taklifi bilan unga bir necha marta aloqaga chiqishgan. Biroq turk razvedkasi xakerni ularning kimligidan ogohlantirib, uni qutqarib qoladi.

2022 yilning sentyabrida Umar Malayziyaga borganda "Mossad" tomonidan o‘g‘irlab ketiladi. Bundan xabar topgan turk maxsus xizmatlari malayziyalik hamkasblari bilan xaker hibsda saqlanib, qiynoqqa solingan uyga hujum qilib, uni ozod qilgan. 32 yoshli xaker hozir Turkiyada xavfsiz joyda ekani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Mossad haker falastinlik Umar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made