“Mossad”ning sobiq rahbari Erondagi josuslar nega foş qilinganini aytdi
Olam
−
11:07 501 3 daqiqa
Isroilning “Mossad” taşqi razvedka xizmati sobiq rahbari David Barnea Eron bilan bölib ötgan 12 kunlik uruş boşida Tel-Aviv ommaviy hibsga olişlarni boşlaş va bu orqali haqiqiy isroillik agentlarni aniqlaşni qiyinlaştiriş maqsadida öz agentlarining uşbu mamlakat hududidagi faoliyati aks etgan tasvirlarni qasddan e’lon qilganini ma’lum qildi. Bu haqda u Priority Summit anjumanida söz oçdi.
“Operatsiya boşlangan kunning özidayoq “Mossad” logotipi tuşirilgan rasmiy videoni darhol e’lon qilganimizning sabablaridan biri u yerdagi agentlarimizni himoya qiliş edi. Biz Eronda şunçalik köp odam hibsga olinişiga erişmoqçi edikki, toki hokimiyat organlari xamirdan qil suğurgandek asl agentlarni ajrata olmasin va yakunda hammani qöyib yuborsin. Darvoqe, aynan şunday böldi ham”, deydi u.
Uning sözlariga köra, nizoning ikkinçi kunida Eron huquq-tartibot organlari 21 ming kişini hibsga olgan.
“Hatto ularning orasida bir yoki ikkita agent qölga tuşgan bölsa ham, yakunda ularni qöyib yuborişga majbur bölişadi, çunki hammaning hikoyasi bir xil böladi: men köçada ketayotgandim, maşinada ketayotgandim va meni uşlab ketişdi. Oxir-oqibat hammani qöyib yuborişdi”, deydi Barnea.
“Mossad” sobiq rahbarining aytişiça, Isroil foydasiga ayğoqçilik qilişda ayblanib Eronda hibsga olingan yoki qatl etilgan odamlarning bir qismi “Isroil razvedkasiga umuman ma’lum bölmagan”.
“Mossad” agentlarining 99,9 foizi heç qaçon foş etilmagan”, deya qöşimça qilgan u.
Uning qayd etişiça, “Mossad” agentlari bölajak operatsiyadan xabardor bölgan va hozirgaça Tehronda yaşaşda davom etmoqda. Şuningdek, u agentlarning har birini şaxsan özi tasdiqlaganini, çunki ularga işonişi kerakligini aytib ötgan.
Anjuman davomida Barnea “Hizbulloh”ga qarşi peyjerlar bilan ötkazilgan operatsiya haqida ham töxtalgan. Uning sözlariga köra, operatsiya oldidan inson tanasini taqlid qiluvçi manekenlarda “yuzlab sinovlar” ötkazilgan.
“Har gal sinov natijalarini körganimda, “portlovçi modda miqdorini kamaytiringlar”, der edim”, deb eslaydi u “qizil çiziqlar”ga işora qilib.
Şuningdek, u uşbu operatsiyaning “Hizbulloh” uçun uçta asosiy oqibatini ajratib körsatgan. Birinçisi sifatida u “jangçilarning jismoniy mağlubiyati”ni, ikkinçisi – “ruhiy omilning izdan çiqişi”ni, uçinçisi sifatida esa “qörquv”ni tilga olgan.
Eslatib ötamiz, 12 kunlik Eron-Isroil uruşi 2025 yil 12 iyunda, Isroil Erondagi yadroviy ob’ektlarga zarba berganida boşlangan edi. Tehron esa Isroil şaharlariga raketalar yoğdiriş va dronlarni uçiriş bilan javob qaytardi.
Peyjerlar bilan boğliq operatsiya 2024 yilning kuzida sodir bölgandi. Öşanda “Hizbulloh” vakillaridagi peyjerlar va boşqa elektron qurilmalar ommaviy ravişda portlab ketgan edi. Qurilmalarni portlovçi moddalar bilan “Mossad” razvedkasi agentlari jihozlagan. Uşbu operatsiya oqibatida 40 dan ortiq kişi halok bölgan, yana 4 mingga yaqin kişi jarohat olgan.
Live
Barchasi