Maktabdagi korrupsiyaning sababi oylik maoshining kamligi — Shermatov
Jamiyat
−
25 may 2021
7503Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan besh tashabbus festivalidagi ishtiroki davomida QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova bilan bo‘lgan suhbat vaqtida ta’lim tizimidagi kamchiliklarni aytib o‘tdi.
“Eng katta kamchiligimiz bu kadrlar masalasi hisoblanadi. Chunki maktab tashqarisini chiroyli remont qilib, hamma sharoitlarni qilib berganingizda ham maktab ichidagi muhitni o‘zgartirish o‘qituvchiga bog‘liq”, deb ta’kidladi Xalq ta’lim vaziri Shermatov.
Vazir xalq ta’limi tizimidagi korrupsiya haqida ham gapirib, bu balo barcha sohalarda borligini aytib, o‘z sohasidagi korrupsiya u qadar qo‘rqinchli holatda emasligini ta’kidladi.
“Afsuski, korrupsiya jamiyatimizdagi barcha sohalarda mavjud. Misol uchun qurilishda hatto huquqni muhofaza qiluvchi o‘rganlarda ham. Albatta, bu kasallikni yo‘qotishimiz kerak. Maktablardagi korrupsiya unchalik katta darajadagi korrupsiya deb o‘ylash noto‘g‘ri. Yillar davomida maktab o‘qtuvchilarning oylik maoshi kam bo‘lgani, ko‘p tashkiliy ishlarni o‘z hisoblaridan bajarganliklari korrupsiyaga sabab bo‘lgan”, deb ta’kidladi Xalq ta’lim vaziri Shermatov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sherzod Shermatov toshkentliklarning ko‘pi erkin bo‘lib ketgani, o‘qimay qo‘yganini hamda maktabda har bir sinfdagi o‘quvchilar sonini 24 nafarga tushirish qo‘shimcha 9 trln ketishini aytib o‘tgan edi.
Nurmatov Sardor Ali
LiveBarchasi