Sherali Jo‘rayev va Ozodbek Nazarbekovning Ahmadboy ishiga nima aloqasi bor? (videointervyu)

Intervyu

Ahmadboyga sudning so‘nggi hukmi o‘qildi (video) north_east

Ahmadboyga sudning so‘nggi hukmi o‘qildi (video)

Avvalroq, Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudida sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboyev (xalq orasida Ahmadboy) va boshqalarga nisbatan sud hukmi e’lon qilingani haqida ma’lum qilgan edik. Ahmadjon Tursunboyevga 14 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazoning to‘rtdan bir qismi qisqartirildi. 

Ahmadjon Tursunboyev sud muhokamasi vaqtida QALAMPIR.UZ’ga intervyu berdi. Uning aytishicha, jabr ko‘rgan fuqarolarga pullarni qaytarishga imkoniyati yetarli va endi pullar professional shaklda taqsimlanadi. 

Ahmadboy hibslanganda odamlar orasida uning san’atkorlar bilan ham oldi-berdisi bo‘lgani, hatto, taniqli hofiz Sherali Jo‘rayevdan tortib, Ravshan Komilov, Dilfuza Ismoilova ham Ahmadboyning “kliyent”i ekani haqida gaplar tarqalgandi. Tursunboyev biz bilan suhbatda bularni rad etdi.

“Tergovchilar ishni yomon olib borgani yo‘q. Tergovchilar odamlar o‘z xohishlari bilan berilgan pullar masalasida yurakdan e’tibor berib ish olib borishdi. Odamlar 3 ming dollar bergan bo‘lsa, “5 ming berganman” degan joylari bor. Fuqarolarga topshirilishi masalasida barcha mol-mulk davlatga o‘tgan. 12 ming nafar jabr ko‘rgan fuqarolarga professional tartibda taqsimlab beriladi. Qonun bo‘yicha 100 foiz yopiladi. Imkoniyatim bor, pul bor. 120 ming dollar pul belgilangan. Qonun bo‘yicha 40 million dollar yopiladi.

Men qoramol biznesi bilan shug‘ullanar edim. Lekin to‘g‘ri qilgan ishimdan pushaymonman. Ishlab “oborot” qilganman, lekin foiz hisobida berganman. Bu o‘yinga kirsangiz, chiqa olmaysiz. Mening maqsadim yomon bo‘lmagan, fuqarolarni aldash bo‘lmagan. Mahallalarda yo‘llarni, qabristonlarni ta’mirladim”, deydi ayblanuvchi.

Ahmadjon Tursunboyev san’atkorlar haqida berilgan savolga ham javob berishdan qochmadi. 

Menga “falonchi artist sizga pul beribdi, pistonchi pul beribdi” deyishadi. Men san’atkorlar bilan olddi-berdi qilmaganman. O‘g‘il to‘yi qilganimda to‘yona hisobida olib kelishgan. “Sherali Jo‘rayevdan, Ozoddan pul olibdi” degan gap bu – quruq gap. Kimdir biror kishi orqali kiritmagan bo‘lsa, biror artist kelib bevosita qo‘limga pul bermagan. Menga o‘zi farqi yo‘q. Hamma teng fuqaro”, deydi Ahmadboy. 

So‘zining so‘nggida ayblanuvchi bu ishlarni unga hech kim o‘rgatmagani, hech kimni aldamagani haqida qat’iy gapirdi.  

“Ko‘pchilik bu ishni kim o‘rgatgani haqida so‘raydi. Menga birov o‘rgatmagan. Piramida deyishadi. Menga ayting-chi, ishni joy-joyida olib borsangiz, sizga fuqarolar ishonadi, to‘g‘rimi? Agar boshidan aldasangiz, sizga hech kim ishonmaydi. Men o‘z vaqtida pulini to‘laganman. Shu sababli odamlar ishongan. Mening eng katta aybim, mijozlar juda ko‘payib ketgan va men shu paytda faoliyatni to‘xtatshim kerak edi”, deydi u. 

Ushbu intervyuni to‘liq shaklda  YouTube’dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ahmadboy Ahmadjon Tursunboev Sherali Jo'raev Ozodbek Nazarbekov

Baholaganlar

883

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing