Ahmadboyga sudning so‘nggi hukmi o‘qildi (video)
Jamiyat
−
12 fevral 2020
23902Bugun, 12 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudida sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan ochilgan jinoyat ishi yuzasidan so‘nggi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda QALAMPIR.UZ muxbiri Bahodir Ahmedov ishtirok etdi. Sud majlisida Ahmadboy va uning sheriklariga nisbatan so‘nggi hukm e’lon qilindi.
Bir necha oy davom etgan sudda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” va “v” bandlari bilan ayb e’lon qilinib, sudga berilgan Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Sud ish bo‘yicha taraflarning, sudlanuvchi va jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalarini, muzokara so‘zlarini va sudlanuvchilarning oxirgi so‘zlarini tinglab, quyidagicha hukm o‘qildi.
Ahmadjon Tursunboyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” va “v” bandlari bilan aybli deb topilib, unga ushbu modda bilan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddlari tartibida jazoga qisman Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2019 yil 28 oktyabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 14 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Ahmadjon Tursunboyevga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 12 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi, “b” kichik bandiga asosan to‘rtdan bir qismiga qisqartirildi. Jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Jazoni o‘tash muddati 2016 yil 16 iyundan boshlab hisoblanadi.
Unga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
LiveBarchasi