Toshkentda 200 kishini chuv tushirgan “Ahmadboy” qamaldi
3-sahifa
−
23 may 2023
23293Toshkent shahrida 200 nafar fuqaroni 15 milliard so‘mga chuv tushirgan MCHJ rahbariga nisbatan hukm o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchi jinoiy sheriklari bilan 200 dan ziyod fuqaroning ishonchiga kirib, avtomashina va turar joylar olib berish maqsadida aldab, o‘zlari tuzgan MCHJ hisob raqamidagi katta miqdordagi pullarni tushirib olgan va o‘z maqsadlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Fuqarolarning bildirishicha, jamiyat “penya” yo‘qligi, foiz stavkalari deyarli mavjud emasligi to‘g‘risidagi haqiqatga zid bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatib aholining diniy e’tiqodidan foydalanib, ularni aldagan. Ribo yo‘qligini aytib, islomiy tarafdan ishonchiga kirib olgan.
Xabarga ko‘ra, sudlanuvchi jinoiy sherigi bilan oldindan til biriktirib, 2022 yilning 10 yanvar kuni Chilonzor tumanida MCHJ tashkil etgan. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, ushbu jamiyatni taniqli blogerlar yordamida reklama qilib, ijtimoiy tarmoqlarda xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firma sifatida ko‘rsatishga erishgan.
Keltirilishicha, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar miqdori 15 milliard so‘mni tashkil etadi. Jinoiy guruhning bir nafari jazo tayinlash uchun sudga olib kelingan. Uning jinoiy sheriklaridan biri qidiruvga berilib, qolganlariga nisbatan ish alohida yuritish uchun ajratilgan.
Sudlanuvchi Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining hukmi bilan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr