Denovda Germaniya orzusidagi shaxs “tuzoqqa tushdi” (video)

3-sahifa

−

image

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi fuqaroni Germaniyada yuqori maoshli ishga joylashtirishni va’da qilib, 5 million 766 ming so‘m pulni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, fuqaro ijtimoiy tarmoqdagi “Humo viza” nomli soxta akkauntga ishongan. Noma’lum shaxs Germaniyada yuqori daromadli ish taklif qilishni va’da qilib, turli bahonalar bilan uning bank kartasi orqali 5 million 766 ming so‘m mablag‘ini qo‘lga kiritgan.

Fuqaroning 112 qisqa raqamiga qilgan murojaatidan so‘ng, Surxondaryo viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tezkor tadbir o‘tkazgan. Natijada firibgarlikda gumonlanayotgan shaxs aniqlanib, qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) uchinchi qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreya davlatiga ketmoqchi bo‘lgan 20 dan ortiq fuqarolarning istagini Migratsiya agentligidagi tanishlari orqali ro‘yobga chiqarishni aytib, qariyb 200 ming AQSH dollariga chuv tushirgan shaxslar ushlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing