Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
20:56 1266 1 daqiqa
O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik davomida Istanbul shahrida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi aniqlandi va qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan U.N. qo‘lga olindi.
Mazkur shaxs belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining sud organlariga topshirilgan.
“O‘zbekiston va Turkiya vakolatli idoralari o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va ularning javobgarlikdan qochib yurishiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi hamkorlik izchil davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi M.X. ushlanib, belgilangan tartibda O‘zbekistonga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi