Qosim-Jomart Toqayev Nazarboyevning qaroriga o‘zgartirish kiritdi
Jamiyat
−
22 mart 2019
18179Bugun, 22 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev davlat ishida ishlovchi xodimlarning oylik maoshini oshirishni 1 iyun oyiga ko‘chirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
“Hukumatga byudjet sohasida kam haq to‘lanuvchi xodimlar ish haqini oshirishni 2019 yil 1 iyuldan 1 iyunga ko‘chirish to‘g‘risida topshiriq berdim. Bu qaror bir milliondan ortiq davlat xizmatchilarining hayotiga bevosita ta’sir qiladi”, deyiladi Toqayevning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, joriy yilning fevral oyida Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 2019 yil 1 iyuldan boshlab ijtimoiy soha xodimlariga ish haqi 30 foizga oshirilishi to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 mart kuni Nursulton Nazarboyev mamlakat prezidentiligini topshirib, iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini Parlament Senati raisi Qosim-Jomart Toqayev egalladi. Senat raisligiga esa Darig‘a Nazarboyeva saylandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr