Higgsfield asosçisi Qozoğiston fuqaroligini oldi

Olam

−

image

Higgsfield kompaniyasi hammuassisi va boş direktori Aleks Maşrabov Qozoğiston fuqaroligiga qabul qilindi. Mamlakat Prezidenti Qosim-Jömart Töqayev joriy yilning 30 oktyabr kuni bu haqdagi farmonni imzolagan. Bu haqda Qozoğiston Sun’iy intellekt va raqamli rivojlaniş vaziri Jaslan Madiyev Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Vazirning ma’lum qilişiça, Maşrabovga Qozoğiston fuqarosi pasportini topşiriş uning uçun mamnuniyat bağişlagan. Madiyev bu voqeani mamlakatda sun’iy intellektni rivojlantiriş va iste’dodli mutaxassislarni qöllab-quvvatlaşga qaratilayotgan e’tibor bilan boğlagan.

Uning qayd etişiça, Higgsfield jamoasi jahon bozorida talab yuqori bölgan va 40 milliondan ortiq kişi foydalanayotgan eksport mahsulotini yaratgan. Vazir kompaniya jamoasiga sun’iy intellekt sanoati rivojiga qöşgan hissasi uçun minnatdorlik bildirgan.

Maşrabovning otasi Özbekistonda, uning özi esa Rossiyada tuğilib ösgan. Keyinçalik u AQŞga köçib ketgan. Qozoğiston Higgsfield rivojlanişidagi muhim markazlardan biriga aylangan. Kompaniya jamoasi 2023 yildayoq mamlakatda biznes uçun asos yaratişga qaror qilgan.

Maşrabov Qozoğistonning kuçli muhandislik maktabi, ijodiy salohiyatga ega mutaxassislari va Astana Hub kömagini alohida e’tirof etgan.

“Uşbu mamlakatni rasman öz uyim deb ataş va Qozoğistonning bir qismi böliş men uçun katta ğurur”, degan u.

Ma’lumot uçun, Higgsfield AI 2023 yilda Aleksandr Maşrabov va Yerzat Dulat tomonidan taşkil etilgan. Kompaniya video va tasvirlar yaratiş uçun sun’iy intellekt vositalarini işlab çiqadi. Foydalanuvçilar tayyor şablonlar va turli sun’iy intellekt effektlaridan foydalanişi mumkin.

Ayni paytda Higgsfield kompaniyasi 5,4 milliard dollarga baholanmoqda. Maşrabov mahsulotni xalqaro miqyosda rivojlantiriş uçun mas’ul hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing